Navoiy viloyati, Konimex tumani Abay ko'chasi 13-uy
Konimex tumani 1926-yilning 16-iyunida Konimex qozoq-qoraqalpoq avtonom rayoni tuzilishi to'g'risida qaror qabul qilindi.Rayonni tuzish T.Arslanbaevga topshirildi.Konimex, Respublika markazi ijroiya Komitetiga qaraydigan avtonom rayon qilib belgilandi va 1926-yil 29-sentyabrda tashkil etiladi. Konimex tumani Navoiy viloyati o'rtalig'ida joylashgan bo'lib, Sharqda Navbahor, shimoli-sharqdan Nurota, g'arbdan Tomdi, Uchquduq, janubdan Qiziltepa tumanlari, g'arbdan Buxoro viloyatining Peshku tumanlari bilan chegaradosh. Yer maydoni 15.5 ming kvadrat kilometr. 14 xil millat vakillari yashaydi.